Kichik ishlab chiqarish korxonalari uchun ERP
Korxonangiz daftardan chiqsin
Buyurtma, ombor, tannarx va ishbay oylik — hammasi bitta tizimda. Konstruktor faylini yuklaysiz, qolganini tizim hisoblaydi.
O‘rnatish 1 hafta · O‘zbek, rus va ingliz tilida
- Format
- BMV 1.84
- Panellar
- 23
- Materiallar
- 2
- Kromka
- 30.69 m
- CNC teshik
- 121
Muammo
Tanish holatmi?
Tannarx taxminan
Narxni ichki sezgi bilan qo‘yasiz. Oy oxirida foyda bormi yo‘qmi, aniq bilmaysiz.
Ombor daftarda
Material qancha qolgani hech kimga aniq ma’lum emas. Kerak paytda yo‘q chiqadi, ortiqchasi chang bosib yotadi.
Muddat sirg‘alib ketadi
Qaysi buyurtma qaysi bosqichda ekanini bilish uchun ustadan so‘rab yurasiz.
Oylik hisobi janjal
Ishbay hisobni oy oxirida qo‘lda yig‘asiz. Kim qancha ishlagani bahsga aylanadi.
Yechim
ProFaber nima qiladi
Buyurtmalar
Qabul qilingan zakazdan topshirishgacha bitta oynada. Har bir buyurtmaning bosqichi ko‘rinib turadi.
Ishlab chiqarish
Texnologik karta: mahsulot qanday detallardan, qancha materialdan yig‘ilishi bir marta kiritiladi, keyin o‘zi hisoblanadi.
Ombor
Kirim-chiqim avtomatik. Material yetmay qolishidan oldin tizim ogohlantiradi.
Tannarx
Material, ish haqi va qo‘shimcha xarajatlar bilan real tannarx. Narxni sezgi bilan emas, raqam bilan qo‘yasiz.
Ishbay oylik
Har bir usta bajargan ish avtomatik yoziladi. Oy oxirida hisob tayyor, bahs yo‘q.
Mijoz va qarzlar
Kim qancha oldindan to‘lagan, kimdan qancha qarz — bir qarashda.
Modullar ro‘yxati
mebelerp_giblabGibLab va Bazis fayllarini o‘qishmebelerp_giblabOstatka hisobimebelerp_shopfloorUsta oynasimebelerp_telegramTelegram bildirishnomalarmebelerp_mrp_costHaqiqiy tannarxmebelerp_kpiKPI va ish haqimebelerp_reports27 ta hisobotmebelerp_mrp_qualitySifat nazoratimebelerp_aiAI yordamchi (MCP)
Ishlanmalar
Tayyor moduldan chiqmaydigan narsalar
Quyidagilarning hech biri Odoo’da yo‘q edi va do‘kondan sotib olinmaydi. Har biri haqiqiy ishlab chiqarishdagi muammodan kelib chiqqan va jonli test qilingan.
GibLab .project parseri
Loyiha fayli sof Python’da o‘qiladi: panellar, material va qalinlik, kromka metri, furnitura, XNC dasturidagi teshik va frezalar.
Bazis-Mebelshchik .b3d importi
Binar format teskari muhandislik qilib o‘qildi. Fayl imzosi (BZ85) bo‘yicha aniqlanadi — nomi almashtirilsa ham to‘g‘ri ishlaydi.
Uch tilli bot
Akt-sverka, ishlab chiqarish holati va hisobotlar botdan so‘raladi. Bosqich o‘zgarganda mijozga PDF ilova bilan xabar boradi.
Enterprise Manufacturing — Community’da
Ish buyruqlari, sifat qadamlari, PIN bilan kirish va Shop Floor to‘qqizta modulda qayta qurildi. Enterprise’dagi beshta nuqson to‘g‘rilandi.
Smena bo‘yicha ish haqi
Bajarilgan m² bir necha xodim va smenaga taqsimlanadi. Har rol uchun alohida stavka, ish haqi valyutasi kompaniya valyutasidan mustaqil.
Ostatka hisobi
Kesimdan qolgan bo‘lak o‘lchami va joyi bilan qaydga tushadi, yangi buyurtmada «kamida shu o‘lcham» bo‘yicha topilib ishlatiladi.
MCP server
Tizimga faqat o‘qish huquqi bilan besh asbob ochilgan: buyurtma holati, ombor qoldig‘i, moliya, tannarx va mijoz tarixi. Mijoz o‘z kalitini ishlatadi.
Ko‘p fabrikali panel
Yangi mijoz uchun baza shablondan yaratiladi, obuna muddati va to‘lovlar kuzatiladi, kerak bo‘lsa mijoz nomidan kiriladi.
Sohalar
Kimlar uchun
Mebel korxonalari
Bitta buyurtmada o‘lcham, rang va material varianti har xil bo‘ladi — hammasi buyurtma kartasida aniq yozilib turadi. Shkaf ham, divan ham o‘z texkartasi bilan hisoblanadi, material sarfi taxmin emas.
Eshik ishlab chiqarish
Standart modellar bir marta kiritiladi, nostandart o‘lcham buyurtmada bitta raqam bilan o‘zgartiriladi. Material sarfi va narx yangi o‘lchamga qarab o‘zi qayta hisoblanadi.
Metall konstruksiyalar
Material kilogramm va metrda yuritiladi, qirqimdan qolgan qoldiq ham hisobdan tushmaydi. Smeta tayyorlaganda real tannarx va foyda oldindan ko‘rinadi.
Yo‘nalishlar
Qaysi yo‘nalishlar tayyor
Har bir yo‘nalish tepasida uning hozirgi holati ko‘rsatilgan.
-
yaqinda
Akfa
-
yaqinda
Eshik
-
yaqinda
Izdeliya
-
yaqinda
Metall
-
yaqinda
Mebel zavod
-
yaqinda
Mebel loyiha
-
yaqinda
Mebel raspil
Taqqoslash
Daftar va Excel’dan farqi
Hozir
ProFaber bilan
Hozir
Narx ichki sezgi bilan qo‘yiladi, foyda noaniq
ProFaber bilan
Har buyurtmaning real tannarxi va foydasi raqamda
Hozir
Raskroy dasturidan chiqqan ro‘yxat Excel’ga qo‘lda ko‘chiriladi
ProFaber bilan
Fayl buyurtmaga yuklanadi, spetsifikatsiya va BoM o‘zi tuziladi
Hozir
Material qoldig‘i hech kimga aniq ma’lum emas
ProFaber bilan
Qoldiq real vaqtda, kamayganda tizim ogohlantiradi
Hozir
Buyurtma qay bosqichda — ustadan so‘rab bilasiz
ProFaber bilan
Bosqich ekranda ko‘rinadi, o‘zgarsa mijozga Telegram’da xabar boradi
Hozir
Ishbay hisob oy oxirida qo‘lda yig‘iladi, bahs chiqadi
ProFaber bilan
Bajarilgan hajm smena bo‘yicha taqsimlanadi, hisob doim tayyor
Hozir
Kim qancha qarz — daftar varaqlab topiladi
ProFaber bilan
Mijoz balansi va qarzlar bir qarashda
Ish oqimi
Buyurtmadan yopilishgacha — olti qadam
Bosqichlar ketma-ket. Oldingisi tasdiqlanmasa, keyingisi ochilmaydi — «qaysi biri tayyor?» degan savol qolmaydi.
-
1
Buyurtma
Lead voronkadan o‘tadi, sotuv buyurtmasi tuziladi, avans schyoti chiqadi.
-
2
Loyiha
Konstruktor fayli yuklanadi: spetsifikatsiya, BoM va kesim ro‘yxati o‘zi tuziladi.
-
3
Material
Ombordan ishlab chiqarishga transfer. Yetishmagani xarid buyurtmasiga tushadi.
-
4
Ishlab chiqarish
Kesish → kromka → CNC → yig‘ish. Har bosqichda vaqt, xodim va hajm yoziladi.
-
5
Nazorat
Sifat tekshiruvi, brak va ostatka qaydi. Ostatka omborga qaytadi.
-
6
Yopilish
Yetkazish, yakuniy hisob-faktura, tannarx va marja hisoboti.
Tariflar
Narxlar
Start
1 190 000 so‘m/oy
- 50 GB xotira
- Telegram bot — mijozlar hisoboti
- 5 kun offline o‘qitish
- Support 5/8
Business
4 760 000 so‘m/oy
- 60 GB xotira
- 5 soat dorabotka
- Telegram bot — mijozlar hisoboti
- 5 kun offline o‘qitish
- Support 5/8
Premium
8 330 000 so‘m/oy
- 100 GB xotira
- 10 soat dorabotka
- Telegram bot — mijozlar hisoboti
- 5 kun offline o‘qitish
- Support 5/8
Bir martalik to‘lov
O‘rnatish narxi tarifga kirmaydi
Yuqoridagi tarif — har oy to‘lanadigan obuna. Tizimni ishga tushirish esa bir marta bajariladigan ish: u alohida hisoblanadi va boshida bir marta to‘lanadi.
Har oy
- Server, xotira va zaxira nusxa
- Yangilanishlar va texnik qo‘llab-quvvatlash
- Tanlangan modullardan foydalanish
- Telegram bot va hisobotlar
Bir marta — o‘rnatish
- Bazani sozlash va ish oqimini yig‘ish
- Katalog, mijozlar va ostatkani ko‘chirish
- Modullarni joriy etish va ulash
- Xodimlarni o‘qitish
O‘rnatish summasi tanlangan modullar va ma’lumot hajmiga bog‘liq — aniq raqam narx kalkulyatorida chiqadi.
Kattaroq korxonami?
30 dan ortiq ishchi, bir nechta ishlab chiqarish maydoni yoki alohida talablar bo‘lsa — gaplashamiz, o‘zingizga mos taklif tayyorlaymiz.
Kelishamiz
Bog‘lanishKonfiguratsiyangizni o‘zingiz yig‘ing
Kalkulyator asosiy paketni, tanlangan modullarni, foydalanuvchi sonini, joriy etish va oylik xarajatni bitta spetsifikatsiyada ko‘rsatadi. Kirish login bilan — kalitni Deep Vision beradi.
Kirish talab qilinadiQo‘shimcha offline o‘qitish — $40/kun · Qo‘shimcha dorabotka — $25/soat
Tarif narxlari — oylik. O‘rnatish va joriy etish alohida to‘lanadi.
Jarayon
Qanday boshlanadi
-
1
Demo ko‘rasiz
30 daqiqa, onlayn. Majburiyat yo‘q.
-
2
Sozlaymiz
Mahsulotlaringiz va texkartalarni birga kiritamiz.
-
3
Ishga tushirasiz
Bir hafta ichida ishlab chiqarish tizimda ishlaydi.
Savol-javob
Ko‘p so‘raladigan savollar
Internet uzilib qolsa nima bo‘ladi?
Ma’lumotlar serverda saqlanadi, hech narsa yo‘qolmaydi. Internet qaytishi bilan ishni joyidan davom ettirasiz — telefondagi mobil internet ham yetadi.
Telefonda ishlaydimi?
Ha, tizim brauzerda ochiladi va telefon ekraniga moslashgan. Usta ishlab chiqarishda telefondan bosqich belgilaydi, siz esa istalgan hisobotlarni ko‘rasiz.
Ma’lumotlarim qayerda saqlanadi?
Sizning hisobingiz alohida serverda turadi, boshqa korxonalar bilan aralashmaydi. Har kuni avtomatik zaxira nusxa olinadi, xohlasangiz nusxani o‘zingizga yuklab beramiz.
Ishlatishni kim o‘rgatadi?
Joriy etish davrida jamoangiz bilan birga ishlaymiz: sozlaymiz, o‘rgatamiz, birinchi buyurtmalarni birga kiritamiz. Keyin ham telefon va Telegram orqali yordamdamiz.
Excel’dagi ma’lumotlarni ko‘chirib berasizlarmi?
Ha. Mijozlar, mahsulotlar va ombor qoldiqlarini Excel’dan o‘zimiz ko‘chiramiz — bu joriy etish narxiga kiradi. Sizdan faqat fayllar kerak.
Shartnoma va to‘lov qanday?
Rasmiy shartnoma tuzamiz, to‘lov oylik obuna ko‘rinishida — naqd yoki hisob raqam orqali. Yoqmasa istalgan oyda to‘xtatasiz, ma’lumotlaringizni Excel’da qaytarib beramiz.
Kim quradi
Deep Vision
Kamroq xarajat, ko‘proq natija
Biz mijozga ERP tizimini shunchaki o‘rnatmaymiz. Avval biznes jarayonlarini tahlil qilamiz, keyin eng mos yechimni ishlab chiqamiz.
Deep Vision texnologik loyihalarni boshidan oxirigacha olib boradi: konsalting, joriy etish, optimallashtirish va uzluksiz qo‘llab-quvvatlash. ProFaber — shu ishning ishlab chiqarish sohasidagi natijasi.
Xizmatlar
- Odoo ERP joriy etish
- Tezkor ishga tushirish
- Individual ishlanma
- Tizimlarni integratsiya qilish
- Ma’lumotlarni ko‘chirish
- Jarayonlarni optimallashtirish
- Texnik qo‘llab-quvvatlash
- Masshtablash
Sohalar
- Mebel ishlab chiqarish
- Eshik va derazalar
- Metall konstruksiyalar
- Qurilish va muhandislik
- Distribyutsiya va ulgurji savdo
- Chakana savdo
- Xizmat ko‘rsatish
Korxonangizni ko‘rsating, tizimni ko‘rsatamiz
30 daqiqalik demo. Majburiyat yo‘q.
Toshkent, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi 25
Ariza qoldiring
To‘rt qisqa qadam: aloqa, korxona haqida, nima kerakligi va qo‘shimcha izoh. Besh daqiqada to‘ldiriladi va biz suhbatga tayyor holda kelamiz.
- Aloqa ma’lumotlari
- Korxona haqida
- Nima kerak
- Qo‘shimcha
Ish kunlari 30 daqiqa ichida bog‘lanamiz.