Kichik ishlab chiqarish sexlari uchun ERP
Sexingiz daftardan chiqsin
Buyurtma, ombor, tannarx va ishbay oylik — hammasi bitta tizimda. Mebel, eshik va metall sexlari uchun.
O'rnatish 1 hafta · O'zbek va rus tilida
Muammo
Tanish holatmi?
Tannarx taxminan
Narxni ichki sezgi bilan qo'yasiz. Oy oxirida foyda bormi yo'qmi, aniq bilmaysiz.
Ombor daftarda
Material qancha qolgani hech kimga aniq ma'lum emas. Kerak paytda yo'q chiqadi, ortiqchasi chang bosib yotadi.
Muddat sirg'alib ketadi
Qaysi buyurtma qaysi bosqichda ekanini bilish uchun ustadan so'rab yurasiz.
Oylik hisobi janjal
Ishbay hisobni oy oxirida qo'lda yig'asiz. Kim qancha ishlagani bahsga aylanadi.
Yechim
ProFaber nima qiladi
Buyurtmalar
Qabul qilingan zakazdan topshirishgacha bitta oynada. Har bir buyurtmaning bosqichi ko'rinib turadi.
Ishlab chiqarish
Texnologik karta: mahsulot qanday detallardan, qancha materialdan yig'ilishi bir marta kiritiladi, keyin o'zi hisoblanadi.
Ombor
Kirim-chiqim avtomatik. Material yetmay qolishidan oldin tizim ogohlantiradi.
Tannarx
Material, ish haqi va qo'shimcha xarajatlar bilan real tannarx. Narxni sezgi bilan emas, raqam bilan qo'yasiz.
Ishbay oylik
Har bir usta bajargan ish avtomatik yoziladi. Oy oxirida hisob tayyor, bahs yo'q.
Mijoz va qarzlar
Kim qancha oldindan to'lagan, kimdan qancha qarz — bir qarashda.
Sohalar
Kimlar uchun
Mebel sexlari
Bitta buyurtmada o'lcham, rang va material varianti har xil bo'ladi — hammasi buyurtma kartasida aniq yozilib turadi. Shkaf ham, divan ham o'z texkartasi bilan hisoblanadi, material sarfi taxmin emas.
Eshik ishlab chiqarish
Standart modellar bir marta kiritiladi, nostandart o'lcham buyurtmada bitta raqam bilan o'zgartiriladi. Material sarfi va narx yangi o'lchamga qarab o'zi qayta hisoblanadi.
Metall konstruksiyalar
Material kilogramm va metrda yuritiladi, qirqimdan qolgan qoldiq ham hisobdan tushmaydi. Smeta tayyorlaganda real tannarx va foyda oldindan ko'rinadi.
Taqqoslash
Daftar va Excel'dan farqi
Hozir
ProFaber bilan
Hozir
Narx ichki sezgi bilan qo'yiladi, foyda noaniq
ProFaber bilan
Har buyurtmaning real tannarxi va foydasi raqamda
Hozir
Material qoldig'i hech kimga aniq ma'lum emas
ProFaber bilan
Qoldiq real vaqtda, kamayganda tizim ogohlantiradi
Hozir
Buyurtma qay bosqichda — ustadan so'rab bilasiz
ProFaber bilan
Har bir buyurtmaning bosqichi ekranda ko'rinib turadi
Hozir
Ishbay hisob oy oxirida qo'lda yig'iladi, bahs chiqadi
ProFaber bilan
Bajarilgan ish avtomatik yoziladi, hisob doim tayyor
Hozir
Kim qancha qarz — daftar varaqlab topiladi
ProFaber bilan
Mijoz balansi va qarzlar bir qarashda
Jarayon
Qanday boshlanadi
- 1
Demo ko'rasiz
30 daqiqa, onlayn.
- 2
Sozlaymiz
Mahsulotlaringiz va texkartalarni birga kiritamiz.
- 3
Ishga tushirasiz
Bir hafta ichida sex tizimda ishlaydi.
Tariflar
Narxlar
Start
$100
- Odoo sozlash va konfiguratsiya
- 50 GB xotira
- Telegram bot — mijozlar hisoboti
- 5 kun offline o'qitish
- Support 5/8
Business
$400
- Odoo sozlash va konfiguratsiya
- 60 GB xotira
- 5 soat dorabotka
- Telegram bot — mijozlar hisoboti
- 5 kun offline o'qitish
- Support 5/8
Premium
$700
- Odoo sozlash va konfiguratsiya
- 100 GB xotira
- 10 soat dorabotka
- Telegram bot — mijozlar hisoboti
- 5 kun offline o'qitish
- Support 5/8
Kattaroq sexmi?
30 dan ortiq ishchi, bir nechta sex yoki alohida talablar bo'lsa — gaplashamiz, o'zingizga mos taklif tayyorlaymiz.
Kelishamiz
Bog'lanishQo'shimcha offline o'qitish — $40/kun · Qo'shimcha dorabotka — $25/soat
Narxlar joriy etish va o'rnatishni o'z ichiga oladi.
Savol-javob
Ko'p so'raladigan savollar
Internet uzilib qolsa nima bo'ladi?
Ma'lumotlar serverda saqlanadi, hech narsa yo'qolmaydi. Internet qaytishi bilan ishni joyidan davom ettirasiz — telefondagi mobil internet ham yetadi.
Telefonda ishlaydimi?
Ha, tizim brauzerda ochiladi va telefon ekraniga moslashgan. Usta sexda telefondan bosqich belgilaydi, siz esa istalgan joydan hisobotlarni ko'rasiz.
Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?
Sizning hisobingiz alohida serverda turadi, boshqa sexlar bilan aralashmaydi. Har kuni avtomatik zaxira nusxa olinadi, xohlasangiz nusxani o'zingizga yuklab beramiz.
Ishlatishni kim o'rgatadi?
Joriy etish davrida jamoangiz bilan birga ishlaymiz: sozlaymiz, o'rgatamiz, birinchi buyurtmalarni birga kiritamiz. Keyin ham telefon va Telegram orqali yordamdamiz.
Excel'dagi ma'lumotlarni ko'chirib berasizlarmi?
Ha. Mijozlar, mahsulotlar va ombor qoldiqlarini Excel'dan o'zimiz ko'chiramiz — bu joriy etish narxiga kiradi. Sizdan faqat fayllar kerak.
Shartnoma va to'lov qanday?
Rasmiy shartnoma tuzamiz, to'lov oylik obuna ko'rinishida — naqd yoki hisob raqam orqali. Yoqmasa istalgan oyda to'xtatasiz, ma'lumotlaringizni Excel'da qaytarib beramiz.
Sexingizni ko'rsating, tizimni ko'rsatamiz
30 daqiqalik demo. Majburiyat yo'q.