ProFaber

Kichik ishlab chiqarish korxonalari uchun ERP

Korxonangiz daftardan chiqsin

Buyurtma, ombor, tannarx va ishbay oylik — hammasi bitta tizimda. Konstruktor faylini yuklaysiz, qolganini tizim hisoblaydi.

O‘rnatish 1 hafta · O‘zbek, rus va ingliz tilida

profaber.io/buyurtma/S00142
J_Shkaf.project
Format
BMV 1.84
Panellar
23
Materiallar
2
Kromka
30.69 m
CNC teshik
121
2000×560 740×560 2000×560 740×560 900×560 900×560 920×560 900×290 900×290
Kesim varag‘i · LDSP 16 mm 1-list · 11 panel

Muammo

Tanish holatmi?

01

Tannarx taxminan

Narxni ichki sezgi bilan qo‘yasiz. Oy oxirida foyda bormi yo‘qmi, aniq bilmaysiz.

02

Ombor daftarda

Material qancha qolgani hech kimga aniq ma’lum emas. Kerak paytda yo‘q chiqadi, ortiqchasi chang bosib yotadi.

03

Muddat sirg‘alib ketadi

Qaysi buyurtma qaysi bosqichda ekanini bilish uchun ustadan so‘rab yurasiz.

04

Oylik hisobi janjal

Ishbay hisobni oy oxirida qo‘lda yig‘asiz. Kim qancha ishlagani bahsga aylanadi.

Yechim

ProFaber nima qiladi

Buyurtmalar

Qabul qilingan zakazdan topshirishgacha bitta oynada. Har bir buyurtmaning bosqichi ko‘rinib turadi.

Ishlab chiqarish

Texnologik karta: mahsulot qanday detallardan, qancha materialdan yig‘ilishi bir marta kiritiladi, keyin o‘zi hisoblanadi.

Ombor

Kirim-chiqim avtomatik. Material yetmay qolishidan oldin tizim ogohlantiradi.

Tannarx

Material, ish haqi va qo‘shimcha xarajatlar bilan real tannarx. Narxni sezgi bilan emas, raqam bilan qo‘yasiz.

Ishbay oylik

Har bir usta bajargan ish avtomatik yoziladi. Oy oxirida hisob tayyor, bahs yo‘q.

Mijoz va qarzlar

Kim qancha oldindan to‘lagan, kimdan qancha qarz — bir qarashda.

Modullar ro‘yxati

  • mebelerp_giblabGibLab va Bazis fayllarini o‘qish
  • mebelerp_giblabOstatka hisobi
  • mebelerp_shopfloorUsta oynasi
  • mebelerp_telegramTelegram bildirishnomalar
  • mebelerp_mrp_costHaqiqiy tannarx
  • mebelerp_kpiKPI va ish haqi
  • mebelerp_reports27 ta hisobot
  • mebelerp_mrp_qualitySifat nazorati
  • mebelerp_aiAI yordamchi (MCP)

Ishlanmalar

Tayyor moduldan chiqmaydigan narsalar

Quyidagilarning hech biri Odoo’da yo‘q edi va do‘kondan sotib olinmaydi. Har biri haqiqiy ishlab chiqarishdagi muammodan kelib chiqqan va jonli test qilingan.

CAD

GibLab .project parseri

Loyiha fayli sof Python’da o‘qiladi: panellar, material va qalinlik, kromka metri, furnitura, XNC dasturidagi teshik va frezalar.

CAD

Bazis-Mebelshchik .b3d importi

Binar format teskari muhandislik qilib o‘qildi. Fayl imzosi (BZ85) bo‘yicha aniqlanadi — nomi almashtirilsa ham to‘g‘ri ishlaydi.

Telegram

Uch tilli bot

Akt-sverka, ishlab chiqarish holati va hisobotlar botdan so‘raladi. Bosqich o‘zgarganda mijozga PDF ilova bilan xabar boradi.

MRP

Enterprise Manufacturing — Community’da

Ish buyruqlari, sifat qadamlari, PIN bilan kirish va Shop Floor to‘qqizta modulda qayta qurildi. Enterprise’dagi beshta nuqson to‘g‘rilandi.

KPI

Smena bo‘yicha ish haqi

Bajarilgan m² bir necha xodim va smenaga taqsimlanadi. Har rol uchun alohida stavka, ish haqi valyutasi kompaniya valyutasidan mustaqil.

Ombor

Ostatka hisobi

Kesimdan qolgan bo‘lak o‘lchami va joyi bilan qaydga tushadi, yangi buyurtmada «kamida shu o‘lcham» bo‘yicha topilib ishlatiladi.

AI

MCP server

Tizimga faqat o‘qish huquqi bilan besh asbob ochilgan: buyurtma holati, ombor qoldig‘i, moliya, tannarx va mijoz tarixi. Mijoz o‘z kalitini ishlatadi.

SaaS

Ko‘p fabrikali panel

Yangi mijoz uchun baza shablondan yaratiladi, obuna muddati va to‘lovlar kuzatiladi, kerak bo‘lsa mijoz nomidan kiriladi.

Sohalar

Kimlar uchun

Mebel korxonalari

Bitta buyurtmada o‘lcham, rang va material varianti har xil bo‘ladi — hammasi buyurtma kartasida aniq yozilib turadi. Shkaf ham, divan ham o‘z texkartasi bilan hisoblanadi, material sarfi taxmin emas.

Eshik ishlab chiqarish

Standart modellar bir marta kiritiladi, nostandart o‘lcham buyurtmada bitta raqam bilan o‘zgartiriladi. Material sarfi va narx yangi o‘lchamga qarab o‘zi qayta hisoblanadi.

Metall konstruksiyalar

Material kilogramm va metrda yuritiladi, qirqimdan qolgan qoldiq ham hisobdan tushmaydi. Smeta tayyorlaganda real tannarx va foyda oldindan ko‘rinadi.

Yo‘nalishlar

Qaysi yo‘nalishlar tayyor

Har bir yo‘nalish tepasida uning hozirgi holati ko‘rsatilgan.

  • yaqinda

    Akfa

  • yaqinda

    Eshik

  • yaqinda

    Izdeliya

  • yaqinda

    Metall

  • yaqinda

    Mebel zavod

  • yaqinda

    Mebel loyiha

  • yaqinda

    Mebel raspil

Taqqoslash

Daftar va Excel’dan farqi

Hozir

ProFaber bilan

Hozir

Narx ichki sezgi bilan qo‘yiladi, foyda noaniq

ProFaber bilan

Har buyurtmaning real tannarxi va foydasi raqamda

Hozir

Raskroy dasturidan chiqqan ro‘yxat Excel’ga qo‘lda ko‘chiriladi

ProFaber bilan

Fayl buyurtmaga yuklanadi, spetsifikatsiya va BoM o‘zi tuziladi

Hozir

Material qoldig‘i hech kimga aniq ma’lum emas

ProFaber bilan

Qoldiq real vaqtda, kamayganda tizim ogohlantiradi

Hozir

Buyurtma qay bosqichda — ustadan so‘rab bilasiz

ProFaber bilan

Bosqich ekranda ko‘rinadi, o‘zgarsa mijozga Telegram’da xabar boradi

Hozir

Ishbay hisob oy oxirida qo‘lda yig‘iladi, bahs chiqadi

ProFaber bilan

Bajarilgan hajm smena bo‘yicha taqsimlanadi, hisob doim tayyor

Hozir

Kim qancha qarz — daftar varaqlab topiladi

ProFaber bilan

Mijoz balansi va qarzlar bir qarashda

Ish oqimi

Buyurtmadan yopilishgacha — olti qadam

Bosqichlar ketma-ket. Oldingisi tasdiqlanmasa, keyingisi ochilmaydi — «qaysi biri tayyor?» degan savol qolmaydi.

  1. 1

    Buyurtma

    Lead voronkadan o‘tadi, sotuv buyurtmasi tuziladi, avans schyoti chiqadi.

  2. 2

    Loyiha

    Konstruktor fayli yuklanadi: spetsifikatsiya, BoM va kesim ro‘yxati o‘zi tuziladi.

  3. 3

    Material

    Ombordan ishlab chiqarishga transfer. Yetishmagani xarid buyurtmasiga tushadi.

  4. 4

    Ishlab chiqarish

    Kesish → kromka → CNC → yig‘ish. Har bosqichda vaqt, xodim va hajm yoziladi.

  5. 5

    Nazorat

    Sifat tekshiruvi, brak va ostatka qaydi. Ostatka omborga qaytadi.

  6. 6

    Yopilish

    Yetkazish, yakuniy hisob-faktura, tannarx va marja hisoboti.

Tariflar

Narxlar

Start

1 190 000 so‘m/oy

  • 50 GB xotira
  • Telegram bot — mijozlar hisoboti
  • 5 kun offline o‘qitish
  • Support 5/8
Demo so‘rash
Ko‘p tanlanadi

Business

4 760 000 so‘m/oy

  • 60 GB xotira
  • 5 soat dorabotka
  • Telegram bot — mijozlar hisoboti
  • 5 kun offline o‘qitish
  • Support 5/8
Demo so‘rash

Premium

8 330 000 so‘m/oy

  • 100 GB xotira
  • 10 soat dorabotka
  • Telegram bot — mijozlar hisoboti
  • 5 kun offline o‘qitish
  • Support 5/8
Demo so‘rash

Bir martalik to‘lov

O‘rnatish narxi tarifga kirmaydi

Yuqoridagi tarif — har oy to‘lanadigan obuna. Tizimni ishga tushirish esa bir marta bajariladigan ish: u alohida hisoblanadi va boshida bir marta to‘lanadi.

Har oy

  • Server, xotira va zaxira nusxa
  • Yangilanishlar va texnik qo‘llab-quvvatlash
  • Tanlangan modullardan foydalanish
  • Telegram bot va hisobotlar

Bir marta — o‘rnatish

  • Bazani sozlash va ish oqimini yig‘ish
  • Katalog, mijozlar va ostatkani ko‘chirish
  • Modullarni joriy etish va ulash
  • Xodimlarni o‘qitish

O‘rnatish summasi tanlangan modullar va ma’lumot hajmiga bog‘liq — aniq raqam narx kalkulyatorida chiqadi.

Kattaroq korxonami?

30 dan ortiq ishchi, bir nechta ishlab chiqarish maydoni yoki alohida talablar bo‘lsa — gaplashamiz, o‘zingizga mos taklif tayyorlaymiz.

Kelishamiz

Bog‘lanish

Konfiguratsiyangizni o‘zingiz yig‘ing

Kalkulyator asosiy paketni, tanlangan modullarni, foydalanuvchi sonini, joriy etish va oylik xarajatni bitta spetsifikatsiyada ko‘rsatadi. Kirish login bilan — kalitni Deep Vision beradi.

Kirish talab qilinadi
Kalkulyatorni ochish

Qo‘shimcha offline o‘qitish — $40/kun · Qo‘shimcha dorabotka — $25/soat

Tarif narxlari — oylik. O‘rnatish va joriy etish alohida to‘lanadi.

Jarayon

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Demo ko‘rasiz

    30 daqiqa, onlayn. Majburiyat yo‘q.

  2. 2

    Sozlaymiz

    Mahsulotlaringiz va texkartalarni birga kiritamiz.

  3. 3

    Ishga tushirasiz

    Bir hafta ichida ishlab chiqarish tizimda ishlaydi.

Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Internet uzilib qolsa nima bo‘ladi?

Ma’lumotlar serverda saqlanadi, hech narsa yo‘qolmaydi. Internet qaytishi bilan ishni joyidan davom ettirasiz — telefondagi mobil internet ham yetadi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha, tizim brauzerda ochiladi va telefon ekraniga moslashgan. Usta ishlab chiqarishda telefondan bosqich belgilaydi, siz esa istalgan hisobotlarni ko‘rasiz.

Ma’lumotlarim qayerda saqlanadi?

Sizning hisobingiz alohida serverda turadi, boshqa korxonalar bilan aralashmaydi. Har kuni avtomatik zaxira nusxa olinadi, xohlasangiz nusxani o‘zingizga yuklab beramiz.

Ishlatishni kim o‘rgatadi?

Joriy etish davrida jamoangiz bilan birga ishlaymiz: sozlaymiz, o‘rgatamiz, birinchi buyurtmalarni birga kiritamiz. Keyin ham telefon va Telegram orqali yordamdamiz.

Excel’dagi ma’lumotlarni ko‘chirib berasizlarmi?

Ha. Mijozlar, mahsulotlar va ombor qoldiqlarini Excel’dan o‘zimiz ko‘chiramiz — bu joriy etish narxiga kiradi. Sizdan faqat fayllar kerak.

Shartnoma va to‘lov qanday?

Rasmiy shartnoma tuzamiz, to‘lov oylik obuna ko‘rinishida — naqd yoki hisob raqam orqali. Yoqmasa istalgan oyda to‘xtatasiz, ma’lumotlaringizni Excel’da qaytarib beramiz.

Kim quradi

Deep Vision

Kamroq xarajat, ko‘proq natija

Biz mijozga ERP tizimini shunchaki o‘rnatmaymiz. Avval biznes jarayonlarini tahlil qilamiz, keyin eng mos yechimni ishlab chiqamiz.

Deep Vision texnologik loyihalarni boshidan oxirigacha olib boradi: konsalting, joriy etish, optimallashtirish va uzluksiz qo‘llab-quvvatlash. ProFaber — shu ishning ishlab chiqarish sohasidagi natijasi.

Xizmatlar

  • Odoo ERP joriy etish
  • Tezkor ishga tushirish
  • Individual ishlanma
  • Tizimlarni integratsiya qilish
  • Ma’lumotlarni ko‘chirish
  • Jarayonlarni optimallashtirish
  • Texnik qo‘llab-quvvatlash
  • Masshtablash

Sohalar

  • Mebel ishlab chiqarish
  • Eshik va derazalar
  • Metall konstruksiyalar
  • Qurilish va muhandislik
  • Distribyutsiya va ulgurji savdo
  • Chakana savdo
  • Xizmat ko‘rsatish

Korxonangizni ko‘rsating, tizimni ko‘rsatamiz

30 daqiqalik demo. Majburiyat yo‘q.

Toshkent, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi 25

Ariza qoldiring

To‘rt qisqa qadam: aloqa, korxona haqida, nima kerakligi va qo‘shimcha izoh. Besh daqiqada to‘ldiriladi va biz suhbatga tayyor holda kelamiz.

  1. Aloqa ma’lumotlari
  2. Korxona haqida
  3. Nima kerak
  4. Qo‘shimcha
Boshlash

Ish kunlari 30 daqiqa ichida bog‘lanamiz.