ProFaber
Orqaga

Mebel ishlab chiqarishda raqamli hisob nimadan boshlanadi

Excel jadvallaridan ERP ga o‘tishda birinchi qadam — material va buyurtma hisobini bir joyga yig‘ish.

Ko‘pchilik korxonada hisob uchta joyda yuritiladi: buyurtma daftarda, material omborchida, narx esa direktorning boshida. Raqamlashtirish shu uchtasini bitta bazaga ko‘chirishdan boshlanadi.

Nimadan boshlash kerak

Avval material katalogi tartibga solinadi: har bir list, kromka va furnitura o‘z kodi va o‘lchov birligi bilan yoziladi. Shundan keyingina buyurtma tannarxi haqiqiy raqamga aylanadi.

  • Katalog va o‘lchov birliklari
  • Buyurtma va uning bosqichlari
  • Material sarfi va ostatka